DXX tomonidan “Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qoraqalpog‘istonda “Dok-1 Maks“dan zaharlangan ikki bolakay davolanish uchun Toshkentga olib kelingani maʼlum bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Akmal Asqarovning “Qaraqalpaqstan” telekanaliga bergan intervyusida xabar berildi.
Vazirning ta'kidlashicha, Qoraqalpog'iston Respublikasiga ham bu dori krib borgan va kasallanganlar ham bor.
"Yosh bolalarni birinchi navbatda buyrak to'qimalarini bu dori yemiradi. Bu dorilarning hozirgi kunda sotuvi to'xtatilgan. Aholiga tushintirish ishlarini olib bordik. Shuningdek, ikki nafar kasallangan bola Toshkentga davolanish uchun olib ketildi", - deya aytib o'tdi vazir.
Akmal Asqarovning aytishiga qaraganda, bu holatlar ota-onalarning e'tiborsizligidan kelib chiqqan. Dorixonalardagi dorilarning sifati va yaroqlilik muddatiga qaramasdan xarid qilish oqibati bo'lishi mumkinligi qayd etib o'tildi.
"Dok-1 MAKS" dorisi bilan sodir bo'lgan barcha "mashmashalar"ni quyidagi havolalar orqali o'qib olishingiz mumkin:
Alpha version: 0.9.1.19 build 12721 | Инструменты